Propiska masalasi: kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar

© Sputnik / StringerUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
E’lon qilingan loyihada ko‘pchilik fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan “propiska” tushunchasi o‘rniga “ro‘yxatdan o‘tkazish” tushunchasi kiritilmoqda.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

E’lon qilingan loyihada ko‘pchilik fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan “propiska” tushunchasi o‘rniga “ro‘yxatdan o‘tkazish” tushunchasi kiritilmoqda.

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Ikromov: propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” birikmasi ishlatiladi

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkni olishda ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish hamda yangi qurilgan uylarning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini to‘lash haqidagi talablar bekor qilinmoqda.

Doimiy propiska uchun er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda "propiska" yo‘qotilishi haqidagi qoidalarni qonunchilikdan chiqarib tashlash ko‘zda tutilgan.

Vakillik organlariga saylangan, tegishli davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va respublika ahamiyatidagi boshqa davlat tashkilotlariga tayinlangan xodimlar uchun doimiy ro‘yxat bo‘yicha lavozimni egallab turish davriga oid cheklov olib tashlanmoqda.

Bundan tashqari, oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Novaya shkola radom s novostroykami novogo rayona Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi apreldan Toshkentdan uy sotib olishga propiska talab qilinmaydi

Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5-yilgacha uzaytirilmoqda.

Ayni vaqtda, fuqarolarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan, yashash muddati 10 kundan 15 kunga o‘zgartiriladi.

Shu bilan birga, doimiy va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish fuqaroning xohishiga ko‘ra ichki ishlar organlari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi hamda uning muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi.

Qonun loyihasi 11-aprelga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0