Analitika

Rossiya, OPEK + AQSH - neft bozorida yangi kelishuv boʻladimi?

© AP Photo/Evan VucciPrezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone
Prezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun jahon bozorida neft narxi nimaga bogʻliq, global konyukturagami yoki AQSH prezidentining istagiga - ekspert tahilili.

Oʻtgan haftaning oxiri Donald Trampning global neft bozorini boshqarishga boʻlgan urinishlarida oʻtdi. Rostini aytganda, shuni taʼkidlash kerakki, AQSH prezidenti bu safar oldingi harakatlarga qaraganda ancha yaxshi ish qildi va bu, oʻz navbatida, Oq uy ixtiyorida boʻlgan "haqiqatni boshqarish pulti"ning juda kulgili xususiyatini ochib beradi. Shaxsiy tvitter, sanktsiyalar, bayonotlar va prezident buyruqlari yordamida Tramp (barcha harakatlarga qaramay) neft narxini tushirishga muvaffaq boʻla olmadi. Oʻsish juda oʻtkinchi boʻlishi mumkinligiga qaramay, narxlarning keskin koʻtarilishini tashkil etishga urinish muvaffaqiyatli boʻldi.

Shtangovыy nasos - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Neft narxi tushib ketmoqda, sabab koronavirus - ekspert fikri

Biroq, AQSH prezidenti bir necha kun oldin koʻpirtirib eʼlon qilgan "neft bitimi"ning yemirilish davri nisbatan qisqa boʻldi. Ikki xabarni taqqoslaylik: "Yaqinda doʻstim, Rossiya prezident Putin bilan gaplashgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan gaplashdim, va men ular taxminan oʻn million barrelni, balkim yanada ham koʻproqqa ham, kamaytirishiga umid qilaman, bu neft va gaz sanoati uchun ajoyib boʻladi! " - buni shaxsan Tramp oʻzining tvitterida 2 aprel oqshomida yozgan.

Lekin shanba kechqurun ritorika biroz oʻzgargan. Jurnalistlarga gapirar ekan, Tramp OPEKni tanqid qildi (yaʼni, aslida Saudiya Arabistoni rahbarlik qiladigan va ishlab chiqarishni kamaytirishi kutilayotgan tashkilot): "Men butun umr OPEKga qarshi chiqdim, ahir bu nima? Bu noqonuniy (tuzilma - tahr.), uni kartel deb atashingiz mumkin, uni monopoliya deb ham atashingiz mumkin" (RBK iqtibosi).

Bundan tashqari, u yana AQShda ish oʻrinlarini saqlab qolishni bahona qilib (ehtimol Saudiya va Rossiya) neft importiga qarshi bojlarni kiritishga tayyorligini taʼkidladi, lekin shu bilan birga  ishlab chiqarishni kuniga oʻn million barrel kamaytirishi boʻyicha "asr bitimi" qabul qilinishi mumkinligini ochiq qoldirdi.

Solnechnaya elektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Neft narxi qulashi va muqobil energetika inqirozi kimga kerak?

Amerika rahbarining maʼlum gʻazabini ikki omilga bogʻlash mumkin. Birinchidan, neft bozori ishtirokchilarining konferentsiyasini favqulodda tez yigʻish imkoni boʻlmadi, ikkinchidan, deyarli barcha asosiy neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning vakillari Vashingtonga neft ishlab chiqarishni qisqartirish boʻyicha jiddiy kelishuv faqat Amerika tomoni ishtirokida amalga oshirilishi mumkinligi toʻgʻrisida signal berishmoqda - va bu Oq uyga ayniqsa yoqmasligi mumkin. Oxir oqibat, Amerika tashqi siyosati qurilgan asosiy gʻoyalardan biri, "Amerika oldida hamma qarzdor va hech qachon bu qarzini tulay olishmaydi, va ancha vaqtdan beri bombardimon qilmagan toʼbe boʻlmagan davlatlar AQShdan nimanidir talab qilishga urinishlari mumkin".

Albatta, refleksiya masalasi hech qachon Demokratik yoki Respublikachilar partiyalarining "geosiyosiy kovboylari"ni tashvishlantirmagan va  nufuzli Amerika OAV doim Putinni hamma narsada aybdor deb aytib turgan mahalda muammolarni qidirishning nima keragi bor. Hatto har narsada Donald Trampni ayblashga tayyor boʻlgan The New York Times gazetasi hamon neft bozoridagi barcha muammolar uchun kim aybdorligini aniq biladi: "OPEKning ikki vakiliga koʻra, dushanba kuni OPEK  rasmiylari - Rossiya va boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar oʻrtasida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan va energetika bozorida vujudga kelgan xaosni toʻhtatishiga umid qilingan uchrashuv qoldirildi. Bu yangilik OPEKning rasman yetaksichi Saudiya Arabistoni va Rossiya oʻrtasida neft narxlarini qulashida kim aybdorligi borasida kelgan nizo vujudga kelganida paydo boʻldi. Juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistonini narxlarni tushishida qisman aybladi. Saudiyaliklar tashqi ishlar va energetika vazirlarining gʻazabli bayonotlari bilan javob berdi.

Shtangovыy nasos - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Amerika qulagan neft narxi uchun Rossiyani qanday jazolash haqida oʻylamoqda

Agar Vashington oʻz ishlab chiqarishidan uch-toʻrt million barrelni "kesib tashlashini" eʼlon qilganda edi, hech qanday tortishuv boʻlmasdi deb aniq taxmin qilsa boʻlardi: hamma kelishuvlarni imzolash va foydani hisoblash bilan band boʻladi. Oʻzaro ayblovlar, ginalar va samarali dialogni oʻrnatishdagi qiyinchiliklarga qaramay, neft bozori uchun yangi arxitekturani qurish uchun (ehtimol tez va rasmiy emas) rasmiy imkoniyatlar mavjud va bunda neft ishlab chiqaruvchi har bir mamlakat, shu jumladan AQSH ham oʻz zimmasiga narxni koʻtarish maqsadida neft qazishni qisqartirish boʻyicha muayyan majburiyatlarni oladi deb taxmin qilish uchun asos bor.

Donald Tramp siyosiy jihatdan Amerikaning neft kompaniyalaridan ishlab chiqarishni qisqartirishni talab qila olmaydi, va bunday majburiyatlarni oʻz zimmasiga olganligini ochiqchasiga tan olishni istamaydi: narxlar urushida yutqazgan Amerika prezident oʻz saylovchilariga vaʼda bergan yana "buyuk Amerika"ga oʻxshamaydi. Ammo ikkita muhim nyuans bor: Trampga haqiqatan ham neft narxini koʻtarilishi kerak (aynan xudbin siyosiy manfaatlar tufayli) va unda prezident maʼmuriyati ishlab chiqarish nuqtai nazaridan kimgadir nimanidir buyurtma qilmasdan istalgan natijaga erishishi mumkin uslublari bor.

Burovaya ustanovka v mestorojdenii slantsevogo gaza v shtate Pensilvaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Ulkan azob-uqubatlar": Slanets sanoati erkin qulashda

Agar bu ishga (OPEK+ ham ishlab chiqarishni kamaytirishi kafolatini olgan prezidentning yordami va koʻmagi bilan)Texas neft bozorini tartibga solish boʻyicha komissiya bu masalaga kirishsa, unda bir necha yaxshi bahonalar bilan ikki-uch million barrel slanets ishlab chiqarishni "kesib tashlash" nisbatan osonroq boʻlishi mumkin, eng yirik slanets kompaniyalari rahbarlarining oʻzlari ham shtat hukumatidan aynan shunday choralarni koʻrishni talab qilmoqda. Amerika ishlab chiqarishining katta qismi Meksika koʻrfazidagi platformalarda amalga oshiriladi - federal hukumat ularni neftchilar sogʻligʻi uchun tashvish tufayli ularni vaqtincha yopib qoʻyishi mumkin (texnik xarajatlar uchun tegishli qoplash bilan), chunki neftchilar uchun bu platformalar koronavirusga ommaviy chalinish joyiga aylangan kruiz laynerlariga oʻxshab suzuvchi tabutlarga aylanishi mumkin. Bu muzokaralar oson kechishini, ular albatta muvaffaqiyat qozonadi va bu muvaffaqiyatga erishish oson kechishini anglatmaydi. Ammo Vashingtonga bu iqtisodiy nuqtai nazardan juda ogʻriqli nuqta va neft bozorida yangi kartelda (rasmiy yoki norasmiy boʻlishidan qatʼiy nazar) ishtirok etishdan manfaatdor ekanligi bu oldinga tashlangan yaxshi qadam va muhim natijadir.

Dunyoda
OPEK slanets nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

Keyingi OPEK + yigʻilishining natijalaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarishni jiddiy pasayishi ham neftga tushgan talabni qoplay olmaydi - koronavirus sayyoramizning neft va neft mahsulotlariga boʻlgan talabini keskin kamaytirdi.

Asosiy stavka - bu koronavirusdan keyin neft bozorlarining kelajagi. Oxir oqibat, epidemiya barham topadi va  neftdan pul ishlash istagi saqlanib qoladi (shu jumladan AQShda), xuddi shu tariqa global iqtisodiyotda qora oltinga ehtiyoj saqlanib kolganni singari. Agar dunyo epidemiyadan neft bozorida narx aslida neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning global kelishuvi taraflari tomonidan nazorat qilinadigan yangi arxitekturasiga ega boʻlgan holatda chiqsa, demak, bu joriy inqirozning juda kam miqdordagi ijobiy natijalaridan biri sifatida qaralishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0