O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan holatlar 390 taga yetdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDezinfeksiya obyektov obshestvennogo prostranstva
Dezinfeksiya obyektov obshestvennogo prostranstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yana 48 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. O‘zbekistonda ushbu virus bilan kasallanganlar soni 390 nafarga yetdi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Shu soatgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni esa 30 nafarni tashkil etmoqda.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. 6 aprel ertalabki holatiga ko‘ra dunyoning 200 dan ortiq davlatida jami 1,2 mln nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 264 833 nafari sog‘aygan, 60 mingga yaqin kishi  vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0