O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSneg v Tashkente
Sneg v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
7-9 aprelda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari orqali Rossiyaning Yevropa hududi ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

7-9 aprelda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.

7-9 aprelda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8-aprelda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Kechasi va 9-aprelda ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

7-8 aprelda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

Havo harorati 7-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8-aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9-aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

8-9 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Yangiliklar lentasi
0