Dunyoda

Eronda mashhur masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi - foto

© Facebook/IranFrontPage"Zerkalnaya mechet" Shax-Cherax adaptirovana pod fabriku po proizvodstvu masok
Zerkalnaya mechet Shax-Cherax adaptirovana pod fabriku po proizvodstvu masok - Sputnik Oʻzbekiston
Eronda masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi. Hukumat koronavirus infektsiyasidan himoya vositalariga talab oshgani sababli bunday qarorga keldi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Eronda mashhur Shoh-Cherax masjidi niqob tikish fabrikasiga vaqtincha aylantirildi. Bu haqda Iran Front Page nashri xabar qildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli masjid uzoq vaqt yopiq boʻlgan. Hukumat koronavirus infektsiyasidan himoya vositalariga talab oshgani tufayli bunday qarorga keldi.

Masjidga stol va tikuv mashinalari oʻrnatildi. Niqoblarni tayyorlash ishlariga  “Basij” harakati faollari jalb qilindi. Ayollar bu yerda ikki hafta davomida mehnat qilayotgani maʼlum boʻldi.

Masjidning boshqa binosida rezina qoʻlqoplarni tayyorlash boʻyicha kichik tsex tashkil qilindi.

Bugungi kunda Eronda 58 mingdan ortiq kishi bu virusga chalingan, 3603 kishi vafot etgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala