Hodisalar

Karantinni mensimay koʻchada yurgan instagram "yulduzlari" 15 sutkaga qamaldi

© Press-slujba Natsionalnoy gvardii UzbekistanaSotrudnikami Natsionalnoy gvardii i Ministerstvo vnutrennix del bыlo vыyavleno 2350 sluchayev nesoblyudeniya karantinnogo rejima
Sotrudnikami Natsionalnoy gvardii i Ministerstvo vnutrennix del bыlo vыyavleno 2350 sluchayev nesoblyudeniya karantinnogo rejima - Sputnik Oʻzbekiston
Karantin qoidalarini buzib, Amir Temur haykaliga hurmatsizlik qilgan uch nafar fuqarolar 15 sutkaga qamaldi.

TOSHKENT, 7 apr - Sputnik. Karantinni mensimay koʻchada niqobsiz yurgan va ushbu yurishlarini videoga olib instagramga joylagan 3 nafar fuqaroga sud hukmi oʻqildi, deb xabar qilmoqda Oliy Sud matbuot xizmati. 

Uch nafar fuqarolar: K. Majidova(22yosh), U. Hamidov (27 yosh) va O. Razыkov(30 yosh) larga nisbatan  Yunusobod tumani sudida  Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) hamda 183-moddasi (Mayda bezorilik)ga asosan 15  sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi. 

Maʼlum boʻlishicha ushbu fuqarolar 1 aprel kuni Toshkent shahridagi Amir Temur hiyobonida jamoat joylarida niqobsiz boʻlish qoidalarni buzishgan. Shuningdek, koronavirus epidemiyasi Oʻzbekistondan qachon ketishi haqida soʻrab Amir Temur haykaliga murojaat qilishgan. Bu bilan ular Amir Temur timsoliga hurmatsizlik bildirishgan. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlarini videotasvirga tushirib, olingan videolavhani 2020 yil 6 aprel kuni Internetdagi ijtimoiy tarmoqga joylashtirishgan.

Eslatib oʻtmiz, ayni damda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibi kuchga kirgan. Unga binoan fuqarolarga muhim sabab (oziq-ovqat xarid qilish yoki dorixonaga borish) boʻlmaganda uyidan chiqish taʼqiqlanadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala