Jamiyat

Koronavirusni 2 sutka ichida yoʻq qiluvchi preparat topildi 

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishRabota Novouralskogo zavoda "Medsintez"
Rabota Novouralskogo zavoda Medsintez - Sputnik Oʻzbekiston
Ivermektin virus taʼsirini kamaytirishi, virusning odamlardan bir-biriga yuqishini hamda kasallikning ogʻir oqibatlarining oldini olishi mumkin.  

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Avstraliyaning Monasha Universiteti olimlari hamda Melburndagi Qirollik gospitali shifokorlari parazitlarga qarshi qoʻllanishga moʻljallangan preparat - ivermektin virusga qarshi kurash xususiyatiga ega boʻlib, 48 soat ichida SARS-CoV-2 virusini koʻpayishini toʻxtatishi mumkin degan xulosaga kelishdi. RIA Novosti Antiviral Research jurnali xabariga asosan. 

"Laboratoriya sharoitida oʻtkazilgan tekshiruvlarda koronavirus bilan zararlangan hujayralarga ivermektin dori vositasi kiritilganda 24 soatdan soʻng virusli RNKlar soni 93 %ga 48 soatdan soʻng esa - 99% ga kamayar ekan. Bu 2 sutkadan soʻng virusning toʻliq yoʻq boʻlib ketishini anglatadi", - deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga tajriba vaqtida preparat sogʻlom hujayralarga toksik taʼsir koʻrsatmagan. Olimlar xulosasiga koʻra, ivermektin organizmga virus taʼsirini kamaytirishi, virusning odamlardan bir-biriga yuqishini hamda kasallikning ogʻir oqibatlarining oldini olishi mumkin.  

Eslatib oʻtamiz, JSST mart oyining boshida dunyoda COVID-19 pandemiyasi eʼlon qilgan edi. Ayni damda   dunyoda 1,3 million kishi ushbu virus bilan zararlangan, 79 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Rossiyada bugungi kunda koronavirusga chalinganlar soni 8672 kishini tashkil qilmoqda. Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 546 kishiga yetdi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala