TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar soni 38taga yetdi, deb xabar qildi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi.
2020 yil 9 aprel soat 15:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda.
Tuzalganlar soni 8 taga oshdi. Ular Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa masʼullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Oxiri yoʻq: sogʻayganlarda koronavirus qayta paydo boʻlmoqda >>>
COVID-19: jahonda nima roʻy bermoqda?
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xabariga koʻra, koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 1,35 million nafarni tashkil etmoqda, 79, 2 mingdan ziyod kishi vafot etgan.