Fargʻonalik koronavirus yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Fotobankka oʻtishReanimatsionnoye otdeleniye
Reanimatsionnoye otdeleniye - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fargʻonalik bemor Umra safarida boʻlib qaytgan. 25 mart kuni unda koronavirus infektsiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

TOSHKENT, 11 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 4 nafarga yetdi. 11 mart kuni fargʻonalik bemor vafot etdi, deb xabar qiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Sotrudnik laboratorii vыpolnyayet analizы na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Nutq buzilishi": koronavirusning yangi belgilari maʼlum qilindi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi, Umra safarida boʻlib qaytgan 59 yoshli fuqaro N.da joriy yil 25 mart kuni koronavirus infektsiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Bemor (ayol) shu yili 31 mart kuni sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan. Bemorda oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqich, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf oʻta yuqori boʻlganligi sababli kasallik ogʻir kechib, u 12 kun davomida sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan.

Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev rahbarligida Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I.Liverko, yetakchi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov ishtirokida bir necha bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Ammo joriy yil 11 aprel kuni kechki payt bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan shoshilinch reanimatsion muolajalar koʻrsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan chora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da oʻtkir respirator disstres sindrom, oʻtkir nafas yetishmovchiligi hamda oʻpka-yurak yetishmovchiligi natijasida biologik oʻlim qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0