Iqtisod

G20 Oʻzbekiston uchun tashqi qarzni qaytarish muddatini kechiktirishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishVesenniye vstrechi MVF i VB
Vesenniye vstrechi MVF i VB - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan avval xalqaro moliyaviy tashkilotlar 76 ta davlat uchun tashqi qarzlarni muzlatish taklifi bilan chiqishgandi.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. G20 “Katta yigirmatalik” davlatlari rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan Oʻzbekiston uchun tashqi qarz boʻyicha moratoriy joriy etishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasida maqola chiqdi.

Teleekran na kotorom vidnы liderы stran G20 - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Mushketyorlar qonuni boʻyicha: "Katta yigirmatalik" nega toʻplandi?

Bundan avval, XVJ va Jahon banki Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasidan yordam olish huquqiga ega boʻlgan 76 mamlakat uchun qarzlariga xizmat koʻrsatishni muzlatish chagʻirigʻi bilan chiqdi.

Roʻyxatda Markaziy Osiyo davlatlari – Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston qayd etilgan. Nashr bilan suhbatlashgan manbaning soʻzlariga koʻra, bitim olti oydan toʻqqiz oyga moʻljallangan.

15, aprel chorshanba kuni G20 davlatlari moliya vazirlari uchrashuvida bu kelishuvga kelishi mumkin.

Ushbu davrda kreditor davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar har bir qarzdor davlat uchun keyingi harakatlar rejasini tuzishlari mumkin. Baʼzilar qarzlarning bir qismini hisobdan chiqarishi mumkin, boshqalarida pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ularni toʻlash uchun kechiktirish imkoniyati berilishi rejalashtirilgan.

Gazeta tahlilchilari hisobiga koʻra, rivojlanish uchun ikki tomonlama (toʻgʻridan-toʻgʻri) yordam olgan davlatlar bu yil qariyb 40 milliard dollar qarz, shundan 18 milliard davlatlararo kreditlar toʻlashi kerak edi.

Taʼkidlanishicha, koʻplab mamlakatlarning yirik sarmoyachisi boʻlgan Xitoy bu sohada G20ning kelishilgan harakatlariga qarshi chiqishi mumkin. Biroq, Pekin tegishli majburiyatlarni olishga tayyor, dedi FT suhbatdoshi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala