Dunyoda

Takomillashtirilgan T-90M tanklari Rossiya qoʻshinlari ixtiyoriga topshirildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishTank T-90 "Prorыv"
Tank T-90 Prorыv - Sputnik Oʻzbekiston
Taman motorlashgan oʻqotar diviziyasi tarkibiga koʻrsatkichlari yaxshilangan T-90M tanklari qabul qilindi. Harbiy ekspert Aleksey Podberyozkin ushbu jangovar mashina xususiyatlari borasida oʻz mulohazalarini bildirdi.

Rossiya Gʻarbiy harbiy okrugiga kiruvchi 1-tank armiyasi qoʻmondoni, general-leytenant Sergey Kisel aprel oyida Taman motorlashgan oʻqotar diviziyasiga yangi takomillashtirilgan T-90M "Prorыv" tanklari olib kelinganini maʼlum qildi.

“Aprel oyida Taman motorlashgan oʻqotar diviziyasiga bir nechta T-90M tanklari yetib keldi. Bu mutlaqo yangi mashina, ular yangi minora, yanada kuchli dvigatel bilan jihozlandi. Tanklar kunning istalgan vaqtida ishlatishga imkon beruvchi yangi koʻp kanalli nishonga olish uskunasi bilan jihozlangan", - deya Kiselning soʻzlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Mejdunarodnыy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2017. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya dunyodagi eng qudratli qurollardan birini modernizatsiya qilishni yakunladi

Generalning taʼkidlashicha, takomillashtirilgan T-90Mning asosiy xususiyatlaridan biri bu real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan maʼlumot almashishdir.

Sputnik radiosi efirida MGIMO Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori Aleksey Podberyozkin jangovar mashinalarga baho berdi.

“Bu 1990 yilda yaratilgan eng yaxshi sovet tanklari seriyasidir, keyinchalik ularning ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan, hozirda qayta tiklandi. T-90M – bu, shu jumladan, aktiv zirhli himoyaga ega  eng zamonaviy tanklar. Boshqa barcha koʻrsatkichlar zamonaviy T-72 tanklarining modellari darajasida. Baʼzi T-90 tanklari shu darajagacha takomillashtirilmoqda, baʼzilari modernizatsiyasiz xizmatda qolmoqda. Hozirgi vaqtda T-90M boshqa muqobilini ortda qoldiradigan eng yaxshi zamonaviy tank deb tan olinadi, Oʻylaymanki, keyingi yillarda ularni takomillashtirish davom etadi", - deydi Aleksey Podberyozkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala