Andijonda 74 nafar tibbiyot xodimi COVID-19 yuqtirib olgan

© Sputnik / Pavel Kononov / Mediabankka o‘tishRabota virusologicheskoy laboratorii
Rabota virusologicheskoy laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyatida shu kunga qadar 102 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi qayd etilgan. Ular orasida 74 nafar tibbiyot xodimi bor.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Andijon viloyatida 74 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga giriftor bo‘lgan. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda shu kunga qadar 102 nafar fuqaroning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi qayd etilgan.

Ulardan 74 nafari bevosita tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar (shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim va xo‘jalik bo‘lim xodimlari), 15 nafari boshqa kasb egalari va 13 nafari voyaga yetmagan shaxslar.

Qayd etilishicha, COVID-19  bemorlari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Shifoxonada bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shu bilan birga, ular zarur dori-darmonlar, himoya vositalari bilan ham to‘liq ta’minlangan.

Xabarda bildirilishicha, 13-aprel kuni 4 nafar bemor (1 nafar shifokor, 2 nafar hamshira 1 nafar kichik tibbiy xodim) tuzalib ketgan. 14-aprel holatiga Andijon viloyatida bemorlar soni 98 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 1214 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 99 nafari butunlay tuzalib ketdi. Shu bilan birga, 4 nafar bemor virus qurboniga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0