Dunyoda

Guterresh Trampning JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish qarorini tanqid qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi Donald Trampning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaroriga munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSH prezidenti Donald Trampning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish qarorini tanqid qildi. 

“Hozir JSST yoki virus bilan kurashayotgan boshqa istalgan gumanitar tashkilotning ishi uchun mablagʻlarni qisqartirish vaqti emas”, - deya hisoblaydi Antoniu Guterrish.

Flagi SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyishi mumkin

BMT bosh kotibining taʼkidlashicha, xalqaro hamjimiyat pandemiyani toʻxtatish va uning halokatli oqibatlarini yoʻqotish ustida birgalikda ishlashi darkor.

Antoniu Guterrish dunyo COVID-19 bilan jangda gʻalaba qozonishi uchun JSSTga barcha zaruriy yordam koʻrsatilishi kerakligini qoʻshimcha qildi.

14 aprel kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp Vashington JSSTni goʻyoki tashkilot xatoga yoʻl qoʻygani va koronavirus tarqalishi haqidagi maʼlumotlarni yashirgani tufayli moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyishini maʼlum qildi. Tramp, shuningdek, tashkilotni tarqatib yuborishga chaqirdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2 millionga yaqinlashmoqda. Ushbu infektsiyani 496 mingdan ziyod kishi yengishga muvaffaq boʻlgan. 126 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0