Siyosat

Lavrov COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi versiyalari haqida fikr bildirdi

© TASS/POOL / Fotobankka oʻtishVizit ministra glavы MID RF S. Lavrova v SSHA
Vizit ministra glavы MID RF S. Lavrova v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Xususan, Daily Mail nashrida chop etilgan maqolada Uxan shahrida koʻrshapalaklar ustidan qator tadqiqotlar amalga oshiriladigan laboratoriyalar faoliyati Pentagon tomonidan 3,7 million dollar miqdoridagi mablagʻ bilan moliyalashtirilgani haqida yozilgan

TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. AQSH, Britaniya, Xitoy va boshqa davlatlarda koronavirus infektsiyasi paydo boʻlishi sabablariga oid turli nazariyalar tarqalmoqda, ammo inqiroz genezisini hissiyotga berilmasdan, jiddiy oʻrganish, faktlarni taqqoslash juda muhim, deya fikr bildiradi RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

Molodoy chelovek s koshkoy na balkone mnogokvartirnogo doma v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ehtimol, dunyodagi karantinni 2 yilga uzaytirishga toʻgʻri kelar — tadqiqot

"Men inglizlar va amerikaliklarning "Xitoy barchani oʻz vaqtida ogohlantirmagani uchun trillionlab dollar tovon toʻlashi shart", degan bayonotlarni eshitdim. Shu bilan bir vaqtda AQShda demokrat va respublikachilar oʻrtasidagi urushga barham berilgani yoʻq. Prezident Donald Trampni "u bila turib, bu xavfga yetarlicha ahamiyat bermaganlikda" ayblashmoqda", - dedi Lavrov "Kommersantʼ" nashriga bergan intervyusida COVID-19 paydo boʻlishining sirli versiyalari toʻgʻrisidagi savollarga javob berar ekan.

TIV rahbarining aytishicha, bu singari versiyalarga beriladigan izohlar vaziyat tamomila teskariligini dalillaydi.

Xususan, Daily Mail nashrida chop etilgan Uxan shahrida koʻrshapalaklar ustidan qator tadqiqotlar amalga oshiriladigan laboratoriyalar haqidagi maqolada, ushbu loyiha Pentagon tomonidan 3,7 million dollar miqdoridagi mablagʻ bilan moliyalashtirilgani haqida aytilgan.

Koʻrshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri >>>

"Mana, Daily Mail – eshitgan narsasi haqida boricha yozgan. Lekin bu shunchaki qiziq maʼlumot emas. Bu yerda hammasi aslida qanday boʻlganini tagiga yetish juda muhim... Bu ish bilan shugʻullanish kerak, hissiyotga berilmay, teran idrok ila, faktlarni taqqoslagan holda, bunda inqiroz genezisini yaxshi anglash muhim, kelajak uchun shundan xulosa chiqarib, yangi vujudga kelishi mumkin boʻlgan pandemiyalarga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish uchun. Bunday holatda axborotlar oqimidan raqib ustidan loy chaplash uchun foydalanib boʻlmaydi", - deb hisoblaydi RF TIV rahbari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala