Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar soni 107 nafarga yetdi

© Press-slujba MinzdravaChislo vыzdorovevshix patsiyentov dostiglo 107 chelovek
Chislo vыzdorovevshix patsiyentov dostiglo 107 chelovek - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga mubtalo boʻlgan bemorlardan yana 8 nafari butkul sogʻaydi. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan.

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Bugun, 15 aprel kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari butkul sogʻaydi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Passajirы v zaщitnыx maskax vozle vokzala Uxanya  - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus pandemiyasi vaqtida eng xavfsiz davlatlar nomlari sanab oʻtildi

Ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Maʼlum qilinishicha, sogʻaygan bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol. Tuzalganlarning eng yoshi kattasi 51, eng kichigi esa 10 yoshda.

Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari Turkiyadan, yana bir nafari esa Rossiyadan Toshkentga charter reysi bilan kelishgan. Qolgan besh nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, infektsiya yuqtirib olgan.

Yangiliklar lentasi
0