Jamiyat

Rossiyada migrantlarga ham ishsizlik nafaqasi toʻlash taklif qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishInostrannыe rabochiye
Inostrannыe rabochiye - Sputnik Oʻzbekiston
Mehnat migrantlarini vaqtincha Rossiya fuqarolariga tenglashtirish va ularga ham ishsizlik nafaqasi toʻlash taklif qilindi.

TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Strategik tashabbuslar agentligi Rossiyada migrantlarga ham vaqtincha ishsizlik nafaqasi toʻlashni taklif qildi, deb xabar qilmoqda RT. 

"Tashkilotlar xodimlarini qoʻllab-quvvatlash vaqtida rasman ishga joylashgan mehnat migrantlari ham ishsizlik nafaqasi olishi uchun Rossiya fuqarolariga tenglashtirilsin", - deyilgan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin nomiga yoʻllangan murojaatnomada. 

Xabarda aytilishiga koʻra, shunga oʻxshash chora Portugaliyada qabul qilingan boʻlib, u yerda 580 ming migrantlar ushbu davlat fuqarolariga tenglashtirilgan edi. 

Eslatib oʻtamiz, 18 aprel kuni Rossiyada mehnat migrantlari uchun juda muhim qaror qabul qilingan edi. Xususan 15 martdan 15 iyunga qadar (3 oyga) barcha patent va registratsiya muddatlari  toʻxtatib qoʻyilgan edi. Yaʼni mehnat migrantlari ushbu hujjatlarni uzaytirish uchun toʻlovlar amalga oshirishlari yoki huquqni saqlash organlariga murojaat qilishlari talab etilmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala