Koronavirusga qarshi vaksina uch bosqichda sinovdan o‘tkaziladi - biolog

© Sos. setiFeyki pro koronarvirus - lekarstvo
Feyki pro koronarvirus - lekarstvo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biolog koronavirusni davolovchi dorilar va vaksina barcha sinovlardan o‘tishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lishini xabar qildi.

TOShKENT, 21 apr - Sputnik. Koronavirusga dori va vaksinala bir yarim yildan erta bo‘lmagan davrda paydo bo‘lishi mumkin, dedi Nurbubu Moldogaziyeva, biologiya fanlari doktori, Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti Bioinformatika laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi, "Parlamentskaya gazeta" nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta laboratoriya allaqachon vaksinani ishlab chiqmoqdalar, ammo jarayon hozirda tajribalar bosqichida turli va baholarga ko‘ra, iyun o‘rtalariga qadar yakunlanishi mumkin. Shundan so‘ng, olimning so‘zlariga ko‘ra, uch bosqichli klinik sinovlar boshlanadi.

"Birinchi bosqichda vaksina sog‘lom odamlar va ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkaziladi. Ikkinchisida - bemorlarning kichik guruhida, odatda bu bir necha o‘nlab odamlar. Uchinchisida vaksina minglab bemorlarda sinovdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga yangi dori vositalarining klinik sinovlarining uchinchi bosqichi bir vaqtning o‘zida bir nechta markazlarda va turli mamlakatlarda o‘tkazilishi mumkin", - dedi Moldogaziyeva.

Uning ta’kidlashicha, klinik tadqiqotlar ikki yildan uch yilgacha davom etishi mumkin, ammo koronavirus infeksiyasi global falokatdir, shuning uchun laboratoriyalar juda tez sur’atlarda ish yuritmoqda.

"Taxminlarga ko‘ra, vaksinani ishlab chiqishga bir yarim yil vaqt kerak bo‘ladi. Huddi shu muddat yangi dorilarga ham taalluqli", -  dedi nashri manbasi.

Rossiyada 47 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasiga chalinganlar qayd etildi, deyarli 3,5 ming bemor davolandi. Hukumat fuqarolarni xavfsizlikning barcha qoidalariga rioya qilishga, xususan, masofani uzoqroq saqlash va tibbiy niqob taqishga chaqirmoqda.

O‘zbekistonda 1627 ta kasallanish holati qayd etildi. 5 kishi vafot etdi. 261 kishi davo topdi.

Yangiliklar lentasi
0