Oʻzbekistonda  25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi

© REUTERS / Pascal RossignolFermer podgotavlivayet zemlyu k posevu saxarnoy sveklы vo Frantsii
Fermer podgotavlivayet zemlyu k posevu saxarnoy sveklы vo Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Joylarda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

TOSHKENT, 22 apr - Sputnik. Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida Oʻzbekistonda 2020 yilning 1-choragi natijalariga koʻra jami 25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi.

Telejka s zapasami produktov v Kanade - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Virusga zarba: Oʻzbekiston bu yil oziq-ovqat masalasini qanday hal qilmoqchi?

"Jumladan, 1 277 gektar sabzavot, 1 787 gektar poliz, 10 296 gektar dukkakli ekinlar, 7 727 gektar boshoqli don ekinlari va 391 gektar kartoshka ekish uchun, 3 866 gektar esa bogʻ yaratish uchun ajratib berildi", - deyiladi xabarda.

Yoshlarga biriktirib qoʻyilgan kooperatsiya va klaster yordamida yerlar shudgor qilingan holda jami 4 mingga yaqin gektar maydonga sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar, boshoqli don ekinlari va kartoshka urugʻlari qadalgan boʻlsa, 335 ming tup mevali va 135 ming tup manzarali daraxtlar ekilgan.

Xorazm viloyatida 39 mingga yaqin  ishsiz yoshlar bor, manzilli rejaga koʻra yil oxirigacha ularning 29 ming nafari, yaʼni 74,5 % ning bandligi taʼminlanishi nazarda tutilgan.

Andijon viloyatida 2 mingga yaqin yoshlarning har biriga oʻrtacha 21 sotixdan jami 400 gektar ekin yer maydoni ajratilgan boʻlsa, Navoiy viloyatida 840 gektardan ziyod boʻsh yotgan yer maydonlari oʻz egalarini topgan.

Furы na tamojennom postu  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Yashil yoʻlak, yoxud Rossiyaga Oʻzbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday koʻpaytirish mumkin

Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻsh turgan yer uchastkalari va zaxira yerlar hisobidan Moʻynoq - 5 000 ga., Qoʻngʻirot 3 000 ga. va Taxtakoʻpir 2 002 ga. tumanlaridan, jami 10 002 ga. yer maydonlari ekinlar ekish uchun ajratib berilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining qolgan tumanlarida ham yoshlarga dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun qariyb 7,8 ming gektar yerlar ajratilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida qariyb 1,8 ming nafar yoshning bandligini taʼminlanadi.

Respublika boʻylab tijorat banklari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, har bir loyihaga oʻrtacha 43,3 mln dan - 5719 ta loyiha uchun 247,6 mlrd soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0