Turar joyida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 1-sentabrdan o‘zgaradi - prezident qarori

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Doimiy va muddatli ro‘yxatga olish tushunchalariga o‘zgartirish kiritiladi, Toshkentda va boshqa viloyatlarda turar joyda ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish tartibi o‘zgartiriladi.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekistonda turar joyida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 15 kungacha uzaytiriladi, deb xabar qilmoqda Huquqiy axborot telegram kanali.  

O‘zbekiston prezidentining 22-aprel kuni imzolangan "Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga asosan, 1 sentabrdan boshlab quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:

  • O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;
  • doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish 1 kun ichida amalga oshiriladi;
  • O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi;
  • O‘zbekiston fuqarolariga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;
  • harbiy xizmatga majburlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan olinishda mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinadi;
  • O‘zbekiston fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.

Shuningdek, bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirish chog‘ida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi joriy qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining muayan hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston fuqarolari ushbu hududning boshqa manzilida istiqomat qilsa, turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart emas va pasport tizimi qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi.

Undan tashqari Toshkent shahri va viloyatida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislarni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi joriy etiladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qonuni ishlab chiqiladi. 

Yangiliklar lentasi
0