TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Adliya vazirligi avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkinligini fuqarolarga eslatdi.
Transport vositasi egasining quyidagi qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin:
- ota-onasi;
- eri (xotini);
- bolalari;
- aka-ukalari;
- opa-singillari.
Ushbu yaqin qarindoshlar haqida maʼlumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, qarindoshlik darajasi) transport vositasi egasining sugʻurta polisida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.