Seul Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

© Press-slujba Administratsii Primorskogo kraya / Mediabankka o‘tishLider KNDR Kim Chen In pribil v Rossiyu
Lider KNDR Kim Chen In pribil v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seulda Milliy birlashish ishlari vazirligi vakili Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlarni tasdiqlovchi hech qanday alomatni ko‘rmagan. Bu haqda dushanba kuni Seulda Milliy birlashish ishlari vazirligi ma’lum qildi.

KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
OAV: xitoylik shifokorlar Kim Chen Inni ko‘rikdan o‘tkazishga KXDRga yo‘l oldi

“Milliy xavfsizlik kengashi rayosati majlisida e’lon qilingandek, Shimoliy Koreyada (KXDR Davlat kengashi ) raisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlar bois ularni tasdiqlovchi alomatlar yo‘q. Noodatiy tendensiyalar ham kuzatilgan yo‘q”, - degan Milliy birlashish ishlari vazirligi vakili Cho Xe Sil. Uning so‘zlarini RIA Novosti Ronxap agentligi xabariga asoslangan holda keltirgan.

Avvalroq xorijiy OAVlarda Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ayrimlari hatto Shimoliy Koreya yetakchisi ikki marta muhim tadbirlarda ko‘rinish bermaganligi sababli uni “o‘lganini” taxmin qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0