Jamiyat

Oʻzbekistonda 84 yoshli onaxon va 2 yoshli bola koronavirusdan shifo topdi

© Press-slujba MinzdravaV Uzbekistane vыzdorovelo yeщe chetыre patsiyenta s koronavirusom
V Uzbekistane vыzdorovelo yeщe chetыre patsiyenta s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Oʻzbekistonda 37 kishi koronavirusni yengdi. Mamlakat boʻylab butunlay sogʻayganlar 1133 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun, 30 aprel kuni Oʻzbekistonda 37 bemor koronavirusdan forigʻ boʻldi. Andijonda tuzalgan bemorlar orasida 84 yoshli onaxon va 2 yoshli bola ham bor. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida 6 nafar, shahar 3-sonli tugʻruq majmuasidan 1 nafar  bemor, jami 7 nafar bemor butunlay  sogʻaydi.

Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda 72 yoshli bemor va uch chaqaloq COVID-19ni yengishga muvaffaq boʻldi

Shahar 3-sonli tugʻruq majmuasida tuzalgan 29 yoshli homilador ayol Toshkent shahridan boʻlib, joriy yil 26 mart kuni Turkiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur tugʻruq majmuasiga yotqizilgan. Soʻnggi tekshiruvlar unda infektsiya yoʻqligini koʻrsatdi, homilasi esa rivojlanish bosqichida.

Shuningdek, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 5 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar, poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 2 nafar bemor koronavirusdan butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda tuzalganlar orasida 84 yoshli onaxon va 2 yoshli bola ham bor. Samarali davolash muolajalaridan keyin soʻnggi tekshiruv natijalari ularda infektsiya yoʻqligini koʻrsatdi.

Shunday qilib, bugun 37 nafar bemor tuzalib, mamlakat boʻylab koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayganlar 1133 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanishning umumiy soni 2017 ta.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala