Siyosat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbarlari Sardoba suv ombori masalasini koʻrib chiqdi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevPrezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqdi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Sardoba toʻgʻonida yuz bergan hodisadan soʻng Tokayevga qoʻngʻiroq qildi

Davlat rahbarlari mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumatlarining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarda ushbu xavfli kasallik tarqalishining, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy oqibatlarini kamaytirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar qoʻllab-quvvatlandi.

Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida qabul qilingan qarorlarga muvofiq sogʻliqni saqlash va transport vazirliklari rahbarlarining tashkil etilgan koʻp tomonlama maslahatlashuvlari natijalari yuksak baholandi.

“Prezidentlar Oʻzbekistonda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq masalalarni ham koʻrib chiqdilar”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Muloqot yakunida oʻzaro tovar ayirboshlashning yuqori surʼatini saqlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, ustuvor investitsiya va infratuzilma, shu jumladan mintaqaviy ahamiyatdagi loyihalarni ilgari surishga qaratilgan birgalikdagi ishlarni faol davom ettirishga kelishib olindi. Suhbat chogʻida qator xalqaro masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryoda 1 may kuni Sardoba suv ombori toʻgʻoni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelgan edi.  70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga koʻchirilgan va kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, fojiada bir Milliy gvardiya xodimi halok boʻlgan, ikkinchisi esa qidirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0