Jamiyat

Karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStatsionarnыy post dps na Drujbe narodov
Statsionarnыy post dps na Drujbe narodov - Sputnik Oʻzbekiston
Tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (oʻrta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda karantin choralari yengillashtiriladigan hududlarni belgilash masalasi koʻrib chiqildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligiga hokimliklar bilan birga har bir tuman  va shaharning karantin darajasini belgilash, joylardagi vaziyat oʻzgarishiga qarab, tezkorlik bilan karantin darajalarini yangilab borish vazifasi qoʻyildi.

Stiker na lobovom stekle - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda avtomobillar uchun stiker bekor qilinadi

Qayd etilishicha, tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (oʻrta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

Karantindan keyin iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlar barqaror faoliyat yuritib ketishi uchun sharoit yaratishni hozirdan boshlash kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq epidemiologik vaziyat yaxshi boʻlgan hududlarda nooziq-ovqat doʻkonlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, taʼmirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berilishi hamda stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin boʻlishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala