Iqtisod

MO davlatlari Xitoyga gaz yetkazib berishni qisqartirishni muhokama qilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishVentil gaza
Ventil gaza - Sputnik Oʻzbekiston
Gaz yetkazib berish hajmi Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻiston oʻrtasida mutanosib ravishda kamaytiriladi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. COVID-19 pandemiyasi hayotning barcha sohalariga,  ayniqsa jahon iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatdi: neft va gazga talab pasayib ketdi.

Ventil gaza - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Syurpriz: neft inqirozi ortidan gaz inqirozi keladi. Endi nima boʻladi

Shu munosabat Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻiston - Xitoyga gaz yetkazib berishni qisqartirish haqida oʻylamoqda.

Bu haqda S&P Global Platts agentligiga “Oʻzbekneftegaz” bosh direktori Mehriddin Abdullayev maʼlum qildi.  

Uning soʻzlariga koʻra, gaz yetkazib berishni qisqartirish tashabbusi aynan Xitoydan kelgan.

"Xitoy qisqartirishni soʻradi, bu oʻz navbatida Turkmaniston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida gaz taʼminoti mutanosib ravishda kamaytiriladi", - dedi Abdullayev.

U taʼkidlashicha, har bir mamlakat yetkazib berish hajmini qanchaga qisqartirishi hozircha nomaʼlum.

Eslatib oʻtamiz, gaz Xitoyga “Turkmaniston-Oʻzbekiston-Qozogʻiston-Xitoy” quvuri orqali yetkazib beriladi. Uning oʻtkazish qobiliyati yiliga 55 milliard kubometr gazni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Kunchiqar davlatga yiliga 10 milliard gaz yetkazib beradi. Biroq, respublikaning uzoq muddatli rejalarida - ichki gazni qayta ishlashga koʻproq eʼtibor berish, kelgusi 10 yil ichida gaz eksportini deyarli nolga tushirish kiradi.

2019 yilda Oʻzbekistonda gaz qazib chiqarish deyarli 60 milliard kubometrga yetdi. 2030 yilga kelib bu koʻrsatkichni 20 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala