Samarqandda kuchaytirilgan reydlar boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati "qizil" hududlar ro‘yxatida saqlanib qolayotgani tufayli, viloyat ichki ishlar boshqarmasi karantin qoidalari bajarilishini qattiqqo‘llik bilan tekshirmoqda.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bugundan boshlab fuqarolarning karantin qoidalariga amal qilayotganini tekshirishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati. 

"Bugun 7-may soat 08:00dan boshlab viloyatimiz hududida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 8-maydan boshlab O‘zbekistonda karantin choralari hudud maqomiga qarab o‘zgartirilgan. Xususan, so‘nggi 14 kun ichida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangan hududlarga "qizil" maqomi beriladi va u yerda eng qattiqqo‘l karantin choralari saqlanib qoladi. Samarqand ayni  damda "qizil" hududlar ro‘yxatida turibdi. 

Ushbu munosabat bilan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarga karantin qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tdi:

  • fuqarolarga – ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga rusxat berilgan.
  • fuqarolarga – shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;
  • oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor o‘qituvchilariga – ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklashga ruxsat berildi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qat’iy javobgarlikka tortiladilar.

 

 

Yangiliklar lentasi
0