Jamiyat

Oʻzbekiston Tojikistonga COVID-19ga qarshi kurashda qanday yordam berishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMarufjon Madaminov — zaveduyuщiy laboratoriyey chumы Respublikanskogo tsentra profilaktiki chumы, karantinnыx i osobo opasnыx infektsiy Minzdrava RUz
Marufjon Madaminov — zaveduyuщiy laboratoriyey chumы Respublikanskogo tsentra profilaktiki chumы, karantinnыx i osobo opasnыx infektsiy Minzdrava RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston SSVning vabo, karantin va oʻta yuqumli infektsiyalarning oldini olish markazi vabo laboratoriyasining mudiri Maʼrufjon Madaminov oʻzbekistonlik mutaxassislar Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berishi mumkinligi haqida gapirib berdi.

Bir kun oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Davlat rahbarlari koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini va bu borada mamlakatlar hamkorligini muhokama qildilar.

Madaminovning aytishicha, u rahbarlik qilayotgan laboratoriya Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berishi mumkin.

Mirziyoyev i Raxmon proveli peregovorы v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Rahmon koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralarini muhokama qildi

"Ehtimol, biz Tojikistonga koronavirusdan himoya qilish vositalarini yetkazib beramiz va infektsiyaga qarshi kurashda oʻz tajribamiz bilan oʻrtoqlashamiz. Shuningdek, tojikistonlik hamkasblarimizga zarur boʻlsa, laboratoriya diagnostikasini oʻrgatamiz va ularga infektsiya oʻchoqlarini aniqlashga yordam beramiz. Ehtimol, hatto maxsus vositalar bilan yordam beramiz”, - dedi mutaxassis Sputnik Tojikiston nashriga bergan intervyusida.

U, shuningdek, avvalo oʻzbekistonlik epidemiologlar Tojikistonga borib, mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga baho berib, respublikaning qanday yordamga muhtojligini aniqlashini qoʻshimcha qildi.

Shundan keyingina, oʻzbekistonlik mutaxassislar reja tuzib, mamlakatda infektsiyaning tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha ishlar hajmini aniqlashlari mumkin boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala