Jamiyat

Rossiya OTMi Termizdagi faoliyatga aloqasi yoʻqligini xabar qildi

© Sputnik / Aleksey KudenkoPodacha dokumentov v vuzы
Podacha dokumentov v vuzы - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya oliygohi Oʻzbekiston Taʼlimni nazorat qiluvchi davlat inspektsiyasi xabariga javoban, Termizda faoliyat yuritmasligini xabar qildi.

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Rossiyaning Sharqiy-Yevropa instituti prorektori Varvara Novikova Sputnik nashriga Oʻzbekiston hududida oliygohning filiali yoʻqligini xabar qildi. 

Shuningdek, Novikova ayni damda Oliygoh rahbariyati Oʻzbekiston Taʼlim Nazorat qiluvchi davlat inspektsiyasi sahifasida joylashtirilgan xabarga rasmiy raddiya tayyorlayotganini xabar qilgan. 

Eslatib oʻtamiz, 7 may Taʼlim Nazorat qiluvchi davlat inspektsiyasi sahifasida Rossiyaning Sharqiy-Yevropa instituti Oʻzbekiston hududida noqonuniy faoliyat olib borayotgani haqida xabar paydo boʻlgan edi. Xususan ushbu oliygoh Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 22-sonli baxshichilik sanʼati maktabi binosida noqonuniy faoliyat olib borayotgani taʼkidlangan. 

Davlat inspektsiyasi xabarida aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonning Oliy taʼlim haqidagi qonunida ishlab chiqish bilan birga yoki undan alohida, kunduzgi va kechgib sirtqi taʼlim haqida aytib oʻtilgan, lekin u yerda masofadan turib taʼlim olish nazarda tutilmagan. Shu sababli ushbu oliygoh diplomi Oʻzbekistonda tan olinmasligi qayd etilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala