Siyosat

Kamilov raisligida MDH TIV rahbarlari majlisi boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan, deb xabar qiladi tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. 2020-yilning 12-may kuni Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raisligi doirasida videokonferentsaloqa shaklida Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boʻlib oʻtadi.

Flagi stran uchastnits SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
MDH tashqi ishlar vazirlari muzokaralarni onlayn rejimda oʻtkazadi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.

Tadbir chogʻida xalqaro kun tartibining va Hamdoʻstlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019-yilga moʻljallangan koʻp darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishini va 2020-yil uchun Rejani, shuningdek koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yoʻllarini muhokama qilish koʻzda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala