TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev toshqindan zarar koʻrgan barcha aholi uy joy bilan taʼminlanishi va ularga kompensatsiya berilishini maʼlum qildi.
Bu haqda Qozogʻiston yetakchisi bugun Twitter akkauntida xabar yozdi.
Postradavshiye ot podtopleniya Jiteli Maktaaralskogo rayona Turkestanskoy oblasti budut polnostyu obespechenы novыm ili otremontirovannыm jilyem. Kajdыy iz nix poluchit 100 tыs tenge iz respublikanskogo byudjeta. Situatsiya pod kontrolem.
— Qasym-Jomart Toqayev (@TokayevKZ) May 9, 2020
“Toshqindan zarar koʻrgan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining aholisi yangi yoki taʼmirlangan uy-joy bilan toʻliq taʼminlanadi. Ularning har biriga respublika byudjetidan 100 ming tangadan beriladi”, - deb yozilgan xabarda.
Shuningdek, prezident viloyatda vaziyat toʻliq nazoratga olinganini maʼlum qildi.