Jamiyat

TIV chegarada toʻplanib qolgan fuqarolar haqida

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishAvtomobili na granitse
Avtomobili na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
TIV Konsullik departamenti Rossiya - Qozogʻiston chegarasi yaqinida toʻplanib qolgan fuqarolar bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganmoqda.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Rossiya-Qozogʻiston chegara nazorati punktlari yaqinida toʻplanib qolgan Oʻzbekiston fuqarolari haqida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti rasmiy izoh berdi

Xabarda aytilishiga koʻra, TIV Operativ shtabi vaziyatni maʼlumotni har tomonlama koʻrib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborgan. Shuningdek Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz va mahalliy hokimiyat bilan aloqa oʻrnatgan.

Shu bilan birga TIV Respublika Konsullik-huquqiy departamenti chegara yaqinda kutayotgan fuqarolarni maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, oʻrnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Samara viloyatidan chiqish va Orenburg viloyatiga kirishda, “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida bir necha yuz nafar Oʻzbekiston fuqarolari toʻplanishi kuzatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala