Iqtisod

Samarqandda quyosh elektr stantsiyasi qurish uchun prezident qarori imzolandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishSolnechnыe paneli
Solnechnыe paneli - Sputnik Oʻzbekiston
Frantsiyaning TOTAL Eren kompaniyasi Oʻzbekistondagi birinchi quyosh elektr stantsiyasini loyihalashtirish, qurish va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanadi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Frantsiya korxonasi Samarqandda quyosh elektr stantsiyasi quradi. Bu haqida prezident qarori imzolandi. 

Umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrstantsiya Frantsiyaning TOTAL Eren SA kompaniyasi tomnidan loyihalashtiriladi, quriladi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilinadi. Oʻzbekiston Hukumati nomidan ushbu loyihada Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi ishtrok etadi.

Mayminskaya solnechnaya elektrostantsiya v Respublike Altay - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand va Jizzaxda quvvati 200 MVt boʻlgan quyosh elektr stantsiyasi quriladi

Xorijiy investor tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida Oʻzbekistonda Tutly Solar MCHJ allaqachon tashkil qilingan. Ushbu korxona dastlabki bosqichda quyosh elektr stantsiyasi loyihasini ishlab chiqadi. 

Prezident qarorida aytilishiga koʻra, quyosh elektr stantsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan energiya toʻliq hajmda Oʻzbekiston "Milliy elektr tarmoqlari" tomonidan xarid qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, quyosh elektr stantsiyasi qurish haqidagi shartnoma Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyeving 2019 yil kuzida Frantsiyaga boʻlgan tashrifi davomida imzolangan edi. TOTAL Eren Oʻzbekistondagi birinchi FES loyihasiga 150 mln yevro investitsiya kiritadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala