Dunyoda

Koreyadagi zavod portlashi qurbonlari orasida Oʻzbekiston fuqarosi yoʻq - TIV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Koreyadagi Kyongnam provintsiyasi rasmiy organlari TIVga vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini tasdiqlagan

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi OAVlarda tarqalgan Koreyadagi zavodlarning birida yuz bergan portlash natijasida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etdi.

Dunyoda
Turkiyada ogʻir sharoitda qolgan oʻzbekistonliklarga oziq-ovqat masalasida yordam beriladi

"Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi 2020-yil 15-may kuni Kyongnam provintsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash natijasida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, elchixona konsullik boʻlimi xodimi voqea joyiga tashrif buyurib, vaziyatni oʻrgangan.

 Haman tumani (Kyongnam provintsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa oʻrnatilgani aytilmoqda. Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala