Siyosat

Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasыm-Jomart Tokayev otkrыli god Kazaxstana v Uzbekistane
Shavkat Mirziyoyev i Kasыm-Jomart Tokayev otkrыli god Kazaxstana v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Sardoba suv omboridagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish , shuningdek, koronavirus tarqalishining savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi zafarlar, qardosh Qozogʻiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi”, - deyilgan xabarda.

Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek koronavirus infektsiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Toqayev va Nazarboyev bilan “Sardoba” masalasini muhokama qildi

Prezidentlar yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib oʻtish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladilar.

Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Muloqotning institutsional mexanizmlarini hamda oʻzaro savdo va investitsiyalar koʻrsatkichlarini oshirishga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalari, boshqa ustuvor tarmoqlarda istiqbol yoʻnalish va loyihalarni ilgari surish zarurligi alohida taʼkidlandi. Xalqaro siyosatga oid qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida ikki davlat prezidentlari qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda qatʼiy ekanliklarini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala