IIV akademiyasi orkestri xodimlari Luis Fonsining dunyoga mashhur va xit bo‘lib ketgan Despacito qo‘shig‘i musiqasini yangicha talqinda ijro etishdi.
IIV akademiyasi orkestri sozandalari barcha fuqarolarni uyda qolishga chorlab, yaxshi kayfiyat tilagan.
Ma’lumot uchun: 2017-yilda dunyo yuzini ko‘rgan puertorikalik Luis Fonsining Despacito qo‘shig‘i YouTube’da 6,7 milliard martadan ziyod ko‘rilgan. Qo‘shiq YouTube tarixidagi eng ommabop klip sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan. Shuningdek, layk soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.