Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻonistonda erishilgan siyosiy bitimni qoʻllab-quvvatlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
TIV ushbu muhim qarorlar qoʻshni Afgʻonistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yoʻl ochishiga umid bildirgan.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv boʻyicha Oliy kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishilganini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 Ashraf Gani i  Abdulla Abdulla - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ashraf Gʻani va Abdulloh Abdulloh Afgʻonistonda hukumatni taqsimlab oldi

Vazirlik ushbu muhim qarorlar qoʻshni Afgʻonistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yoʻl ochishiga umid bildirgan.

“Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqi bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afgʻonlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afgʻonistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh oʻrtasida siyosiy bitim imzolangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala