Infografika

Rossiyada "Mehr" fondi ish boshladi

Rossiyadagi oʻzbekistonliklarga moddiy yordam koʻrsatuvchi "Mexr" jamgʻarmasi ish boshladi va 2 kun ichida 200dan ortiq yordamga muhtoj kishilarga pul ajratdi. 

Rossiyadagi oʻzbekistonliklarga moddiy yordam koʻrsatuvchi "Mexr" jamgʻarmasi ish boshladi.Jamgʻarma homiysi Alisher Usmonov, jamgʻarma faoliyati Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan olib boriladi. 

Bir martalik yordam pulining miqdori 12 130 rubl boʻlib, u nogironlarga, qaramogʻida 2 yoki undan ortiq bola yoki homilador boʻlgan ayollarga, talaba va koronavirus tashhisi qoʻyilgan fuqarolarga ajratiladi. Moliyaviy yordamni olish uchunyuqoridagi holatlarni tasdiqlovchi maʼlumotnoma taqdim etilishi kerak. 

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan oʻzbek va rus tillarida maxsus ishga tushirilgan “Mexr.rf”  elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

"Mehr" jamgʻarmasi qanday ishlashi haqida batafsil infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala