Analitika

Doʻstumning marshallik unvoni Kobul va Toshkent uchun nimani anglatadi- Malashenko

© SputnikRossiyskiy politolog Aleksey Malashenko
Rossiyskiy politolog Aleksey Malashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonlik oʻzbek qoʻmondoni Doʻstum Ashraf Gʻanidan marshal unvonini oldi. Rossiyalik sharqshunos, siyosatshunos, tarix fanlari doktori Aleksey Malashenko kadrlarning bunday tarzda almashinishining Afgʻoniston va Oʻzbekiston uchun juda koʻp ijobiy tomonlari borligiga ishonadi.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani oʻzining asosiy siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh bilan kelishuv imzoladi. Bundan tashqari, bosh vazir tarafdorlaridan biri - Abdul-Rashid Doʻstum marshal unvoniga koʻtarilgani maʼlum boʻldi.

Aleksey Malashenko fikriga koʻra, bu nafaqat Afgʻoniston uchun, balki butun mintaqa uchun juda muhim ishoradir.

“Doʻstumga marshal unvoni berilgani Gʻani va Abdulloh kelishib olganining daraklaridan biridir. Buni tan olinmagan prezident uchun oʻziga xos gʻalaba deb atash mumkin, chunki u hokimiyatga Ashraf Gʻanining oʻzi singari pushtunni olib kelmadi. Shu bilan birga Doʻstumning ulkan harbiy tajribasi va uning oʻzbeklar, tojiklar va Markaziy Osiyo xalqlarining boshqa vakillari yashaydigan Afgʻonistonning katta qismiga taʼsirini unutmaslik kerak", - deya taʼkidladi ekspert.

Etnicheskiy uzbekskiy voyenachalnik Abdul Rashid Dustum vo vremya intervyu agentstvu Frans Press v Kabule 24 dekabrya 2001 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Afgʻonistonning bardoshli generali – Abdul-Rashid Doʻstumning tarjimai holi

Shunga oʻxshash tayinlovlar Afgʻonistonda izchil tinchlikparvarlik siyosatini olib borayotgan va muzokaralar maydoni sifatida chiqayotgan Toshkentda ham ijobiy qabul qilindi. Tabiiyki, garchi yarmiga boʻlsa ham etnik oʻzbekning davlatning uchinchi shaxsi etib tayinlanishi afgʻonlararo mojaroni hal qilishda ijobiy rol oʻynashi mumkin va vaziyat keskinligini yumshatishga yordam beradi.

Rossiyalik sharqshunosning batafsil izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglash mumkin.

Chto oznachayet marshalskoye zvaniye Dustuma dlya Kabula i Tashkenta — Malashenko
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala