Jamiyat

Mirziyoyev: kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat rahbari Andijon shahrida barpo etilgan yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni borib koʻrdi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Shavkat Mirziyeyov Andijon shahridagi ikki yil oldingi topshirigʻiga asosan barpo etilgan 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni borib koʻrdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident xonadonlardan birida boʻlib, oila bilan suhbatlashdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Mirziyoyev: kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan

Uylar jahon standartlari asosida yaxlit temirbetondan zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. Binoning tashqi devorlari energotejamkor bazalt materiali bilan qoplangan. Internet tarmogʻi, videokuzatuv uskunalari oʻrnatilgan. Jihozlash ishlari mart oyida yakunlanib, aholiga tayyor holda topshirildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Mirziyoyev: kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan

Mazkur uylar hovlisida dam olish va sport maydonchalari, bolalar oʻyingohlari, avtoturargoh barpo etilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Mirziyoyev: kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan

Aholini turar joylar bilan taʼminlashni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

«Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy. Odamlarning boshpanasi boʻlsa, oʻzi harakat qilib, roʻzgʻorini oyoqqa qoʻyib oladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tumanlardagi aholi zich joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barcha sharoitlarga ega koʻp qavatli uylar qurish, zamonaviy qishloqlar bunyod etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala