Siyosat

AQSH ochiq osmon shartnomasidan chiqib urushga yoʻl ochmoqda - Jirinovskiy

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishRukovoditel fraktsii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vыstupayet na plenarnom zasedanii Gosdumы RF.
Rukovoditel fraktsii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vыstupayet na plenarnom zasedanii Gosdumы RF. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosatchi soʻzlariga koʻra, Donald Tramp oʻzini kuchli prezident sifatida koʻrsatmoqchi, u "rus samoletlari Vashington ustidan uchib oʻtishini istamayapti".

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Jirinovskiy AQShning Ochiq osmon boʻyicha shartnomadan chiqishiga izoh berdi. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy AQShning ushbu shartnomadan chiqish qarorini mamlakatda kutilayotgan savlovoldi kampaniyasi bilan bogʻlamoqda.

Vыsotka na Kotelnicheskoy naberejnoy, Moskovskiy mejdunarodnыy delovoy tsentr Moskva-Siti i zdaniye MID Rossii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya AQShning ochiq osmon boʻyicha shartnomasidan chiqish istagini qoraladi

Qoʻshma Shtatlar sal oldin 22 may kuni Ochiq osmon boʻyicha shartnomadan chiqishi haqida ishtirokchilarni ogohlantirishlarini maʼlum qilgandilar. Bu qaror eʼlon qilingandan 6 oy oʻtib, AQSH ushbu hujjat doirasida barcha majburiyatdan ozod boʻladi. Vaj sifatida Rossiya tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmaslik keltirib oʻtilgan. Shu bilan birga, prezident Donald Tramp Moskva hujjatga amal qilsa qaror oʻzgarishi mumkinligini istisno qilmadi. Rossiya AQSH tomonidan bildirilayotgan shartnoma shartlari buzilishi haqidagi ayblovlarni rad etdi.

Predvыbornoye vыstupleniye D. Trampa v Mayami - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH ochiq osmon shartnomasidan chiqishini eʼlon qildi

"(Shartnoma boʻyicha qaror) ham saylovlar bilan (bogʻliq). AQShda saylov boʻlsa butun sayyora zir titraydi... (Bill) Klinton Yugoslaviyani bombardimon qildi, (Jorj) Bush Iroqqa bostirib kirdi, Barak Obama Liviyani bombardimon qildi, hozir hech kimni bombardimon qilishni iloji yoʻq - xavfli. Ukraina ham ularga asqotmayapti. Ochiq osmon toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqish orqali esa - urushga yoʻl ochish mumkin. Agar Qoʻshma Shtatlar SNVZ-3dan chiqsa, muddati 2021 yilda tugaydi - bu urushga yoʻl", - dedi Jirinovskiy "Rossiya 24" telekanali efirida.

Siyosatchi soʻzlariga koʻra, Donald Tramp oʻzini kuchli prezident sifatida koʻrsatmoqchi, u "rus samoletlari Vashington ustidan uchib oʻtishini istamayapti".

Jirinovskiy fikricha, 4 noyabrda - AQShda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari kuni ertasiga "hamma tinchlanadi". "Bu dahshatli davlatda ahmoqona saylovlar boʻlib oʻtganiga qadar yoz davomida va kuzda ham biz qaltirab oʻtirishimiz kerak", - deb qoʻshimcha qildi siyosatchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala