Jamiyat

Issiq ob-havo hafta oxirigacha kuzatiladi – Oʻzgidromet

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti kupayutsya v fontane v Tashkente
Deti kupayutsya v fontane v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda may oyida haroratning mutlaq maksimumi 39,9 darajani, respublikaning janubiy viloyatlari va choʻl zonasida ayrim joylarda 43-44 darajani tashkil qilgan.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston hududida Eron tomondan issiq havo kirishiga sabab boʻlgan yuqori barik oʻrkach (balandlikdagi yuqori bosimli qatlam) taʼsiri saqlanib turadi.

Butun respublika boʻyicha ob-havo ochiq boʻladi. Kunduzgi harorat 36-39 darajani tashkil qiladi, shimoliy hududlar va choʻl zonasida ayrim joylarda 40-41 darajagacha yetadi.

Balandlikdagi yuqori bosimli qatlam haftaning oxirigacha mamlakatdagi ob-havo sharoitlariga taʼsir qiladi. Ob-havo asosan kam bulutli boʻladi. Respublikaning shimoli va choʻl zonalarida 27-28 may kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Harorat 34-39 daraja atrofida boʻladi. Respublikaning shimoli, choʻl zonasi va janubida harorat bundan ham issiq, 40-41 darajagacha yetadi, bu butun hudud boʻyicha may oyining soʻnggi kunlari uchun xos oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori, va eng issiq yillarda shu kunlarda kuzatilgan haroratlardan bir oz pastdir.

Toshkentda may oyida haroratning mutlaq maksimumi 39,9 darajani, respublikaning janubiy viloyatlari va choʻl zonasida ayrim joylarda 43-44 darajani tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala