Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishVid na poselok Solnse naxodashiysya nedaleko ot Parkenta
Vid na poselok Solnse naxodashiysya nedaleko ot Parkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parkent tumanida karantin choralari kuchaytirilib, shaharga kirish chiqish va shahar ichida harakatlanish cheklandi.

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Toshkent viloyatining Parkent tumaniga kirish va chiqish, tuman ichida harkatlanish cheklandi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

"Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi chora sifatida, Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi. Bugungi kungacha tuman hududini xavfli infeksiyadan batamom tozalashda tuman hokimligi, SEOM, IIB, harbiylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan muhim ishlar amalga oshirilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, Parkent tuman markaziga olib kiradigan ko‘chalarda ortiqcha avtomobil harakatini cheklash va aholini maqsadsiz ko‘chaga chiqishini oldi olinmoqda. Ushbu ishlarni tashkil etishda tumanda bo‘lib turgan harbiylar yordam bermoqda.

"Bugun Parkent tumani hokimi Nig‘mat Muhamedov tomonidan blok-postlarda xizmat o‘tayotgan harbiylar rag‘batlantirildi", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Samarqand shahrida karantin choralari kuchaytirilib shaharga kirish-chiqish va shahar ichida harakatlanish cheklangan edi. 

Yangiliklar lentasi
0