Iqtisod

Suv yetkazib berish boʻyicha xarajatlar suvdan foydalanganlik uchun soliq miqdoriga qoʻshiladi

© Sputnik / Lesya Polyakova / Fotobankka oʻtishSchetchiki xolodnoy vodы
Schetchiki xolodnoy vodы - Sputnik Oʻzbekiston
Suv yetkazib berish boʻyicha xarajatlar suvdan foydalanganlik uchun soliq miqdoriga qoʻshiladi - hukumat qarori.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. “Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori qabul qilindi.

Portfel s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida yangi tayinlov

Qarorga muvofiq, suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdoriga qoʻshish orqali amalga oshiriladi.

Qaror bilan Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv resurslarini boshqarish, hisobga olish hamda isteʼmol qilingan suv resurslarining hisobotini yuritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Suv xoʻjaligi obʼyektlarida suv resurslari hamda elektr energiyasidan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar joriy etiladi.

Jumladan, suv omborlari va irrigatsiya tizimlarida jami 18 576 ta qurilma oʻrnatiladi.

Shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi jami 1687 ta nasos stantsiyalarida elektr energiyasidan foydalanishda “onlayn” rejimida nazorat qilish joriy etiladi.

2023 yil 1 dekabrga qadar suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan toʻliq jihozlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala