Siyosat

ODKB davlatlari biologik xavfsizlik boʻyicha hamkorlikni koʻrib chiqadilar

© Sputnik / Amir Isayev / Fotobankka oʻtishFlagi stran-uchastnits Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo)
Flagi stran-uchastnits Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik Oʻzbekiston
ODKB bizning davlatlarimiz fuqarolari salomatligi va farovonligini taʼminlash manfaatlariga mos keladi, deya bayonot qildi Lavrov

TOSHKENT, 26 may - Sputnik. Koronavirus jiddiy sinovga aylandi, ODKB mamlakatlari biologik xavfsizlik sohasida masalalarni muhokama qiladilar, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov videoanjuman formatida oʻtkazilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) TIV rahbarlari kengashi yigʻilishi davomida.

Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Pentagon biolaboratoriyalari Rossiya va Xitoy biqinida joylashgan — RF TIV rahbari

"Koronavirus infektsiyasi xalqaro munosabatlarning butun boshli tizimiga taʼsir koʻrsatayotgan jiddiy sinovga aylandi, u barcha davlatlar va davlatlararo tuzilmalar uchun chaqiriqqa aylandi. Bugun biz tashkilotimiz faoliyatiga doir qanday xulosalar chiqarishimiz zarurligini sinchkovlik bilan tahlil qilishimiz kerak boʻladi", - degan Lavrov.

Lavrov ODKB salohiyati bu turdagi xatarlarga javob berish uchun ham muhimligini qoʻshimcha qildi.

"Bizning davlatlarimiz fuqarolari salomatligi va farovonligini taʼminlash manfaatlariga mos keladi. Shu bois biz bugungi kunda birinchi galda biologik xavfsizlik sohasidagi birinchi chora-tadbirlarni koʻrib chiqishimiz lozim", - deya izoh berdi vazir.

ODKB tashkilotiga Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston aʼzo.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala