Analitika

Virusolog COVID-19ga qarshi vaktsina sinovi qanday oʻtayotgani haqida soʻzlab berdi

© Foto : iz lichnogo arxiva Anatoliya Alshteyn Anatoliy Alshteyn
Anatoliy Alshteyn  - Sputnik Oʻzbekiston
Virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Altshteyn Sputnik radiosi efirida COVID-19ga qarshi vaktsina sinovi qanday oʻtishi xususida soʻzlab berdi.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining N. F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi xodimlari oʻzlarida COVID-19ga qarshi vaktsinani sinab koʻrishdi. Bu haqda markaz direktori Aleksandr Gintsburg maʼlum qilgan edi.

Sotrudnik v laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kimlar birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadi - virusolog javobi

Virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Altshteynning Sputnik radiosiga bergan intervyusida maʼlum qilishicha, vaktsinani uni yaratuvchilar tomonidan oʻzlarida sinab koʻrilishi normal holat sanaladi.

“Vaktsina ishlab chiqarilmoqda va ishlanmaning katta qismi allaqachon yakunlangan. U hayvonlarda sinab koʻrildi. Vaktsina yaratuvchilari uni oʻzlarida sinab koʻrishlari bu normal holatdir. Bu hech qanday tartib nazarda tutilmagan, bu shunchaki etika odati”, - deydi u.

Professorning soʻzlariga koʻra, tibbiyotda yangi vaktsina yaratish bu kamdan-kam kuzatiladigan hodisa. Xatarlarni baholash bu kabi vaktsinalarni odamlarda qoʻllash tajribasiga va hayvonlarda sinalgan natijalariga bogʻliq. Ushbu turdagi vaktsinalar haqida bilimlar yaratuvchilarga bu sinovlarni minimal xavf bilan amalga oshirishga imkon bergan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala