“Qamchiq” dovonida muqobil tunel qurilishi muhokama qilindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan O‘zbekistonda 80 ming kilometr ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish vazifasi qo‘yildi.

TOShKENT, 26-may - Sputnik. Kecha, 25-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transport sohasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, mahalliy tashuvchilar qatnovini oshirish, yangi yo‘llar qurish masalalari muhokama qilindi. 

“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini o‘z ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi, - deyilgan xabarda.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ichki yo‘llar holati yomonligini va odamlar bundan norozi ekanini qayd etdi. Prezident 80 ming kilometr yo‘llarni rekonstruksiya qilish va bu borada butun dunyoda qo‘llanib kelinayotgan "foydalanuvchi to‘laydi" tizimini joriy etish zarurligini ta’kidladi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi 3-yil ichida xalqaro yuk tashuvchi transportlar soni 3 baravar oshganini hamda ularning tashqi savdodagi ulushi 37%dan 48 %gacha ko‘paygani qayd etildi. Prezident tomonidan ularning ulushini 60%gacha yetkazish vazifasi belgilandi. 

"Bitta yuk transporti besh nafargacha aholi bandligini ta’minlashi, bu tarmoqda 30 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkin", - deyilgan majlis bayonotida.

Undan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichki yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarni yangilash, bunday korxonalarni barqaror moliyaviy resurs bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Majlisning to‘liq bayonoti bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0