Iqtisod

"Oʻzbekiston temir yoʻllari"ning lokomotiv parki yangilanishi mumkin

© Uzbekiston temir yullariPoyezd Buxara – Xiva – Buxara
Poyezd Buxara – Xiva – Buxara - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident huzurida boʻlib oʻtgan majlisda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tarkibini optimallashtirish va lokomotiv parkini yangilash masalalari koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 26 may - Sputnik. Pandemiya sharoitida dunyo miqyosida temiryoʻl transporti xizmatlari ulushi 75 %dan 87 %gacha oshgan. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda xabar qilindi. 

Ushbu umumjahon tendentsiyasi Oʻzbekiston temiryoʻl sohasi uchun ham xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni koʻpaytirish uchun yaxshi imkoniyat boʻlishi mumkin.

Lekin, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning koʻpligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda.

Shu bois, prezident huzurida boʻlib oʻtgan majlisda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Majlisda shuningdek Oʻzbekistondagi yuk avtomobili sohasini rivojlantirish va avtomobil yoʻllar tarmogʻini kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi. 

Majlisning toʻliq bayonoti bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala