Jamiyat

Tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi

Surxondaryolik tadbirkor, prezident tomonidan moratoriy kiritilishiga qaramasdan 35 tup koʻp yillik archa daraxtlarini kesib oldi.

TOSHKENT, 27 may - Sputnik. Surxondaryoda 35 tup daraxt kesgan tadbirkor 165 mln soʻm jarima toʻlaydi, deb xabar qilmoqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, Sherobod tumani “Bogʻiobod” mahallasida yashovchi fuqaro Normoʻminov Ismoil Toshpoʻlatovich Oʻzbekistonda daraxt kesishga moratoriy kirtilishiga qaramasdan 35 tup archa daraxtlarini (sosna) avtoservis qurish maqsadida kesib tashlagan.

Huquqbuzar Maʼmuriy javobgarlik kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari 1 115 000 miqdorida maʼmuriy jarimaga tortish haqida qaror qabul qilindi.

Huquqbuzarlik natijasida oʻsimlik dunyosiga 164 462 500 (Bir yuz oltmish toʻrt million toʻrt yuz oltmish ikki ming besh yuz) soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi, deyilgan xabarda.

© Komitet po Ekologii Surxandarinskoy oblastiSurxondaryoda tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi
Tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi - Sputnik Oʻzbekiston
Surxondaryoda tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala