Iqtisod

OKMKda 3 baravar koʻproq oltin ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishDobыcha zolota
Dobыcha zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida oltin ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, uning koʻrsatkichi 50 tonnagacha yetkaziladi.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev investitsiya masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Unda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida oltin, kumush va mis ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilishi rejalashtirilayotgani maʼlum boʻldi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, 26 may kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish toʻgʻrisida prezident qarori qabul qilindi.

“Unga koʻra, metallurgiya komplekslari va 2 ta mis boyitish fabrikasi barpo etish orqali mis va oltin ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mis ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 400 ming tonna, oltin – 50 tonna va kumush 270 tonnagacha yetkaziladi”, - deyilgan xabarda.

Prezident zargarlik va elektr texnikasi kabi tarmoqlar bundan foydalanib, ishlab chiqarish hajmi va ish oʻrinlarini koʻpaytirishi zarurligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala