TOShKENT, 28-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 nafarga oshdi va 3396tani tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Ayni paytda 2668 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 714 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.